O‘zbekiston | 21:37 / 23.07.2018
6647
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Islom moliya instituti rivojlanishi kutilmoqda - Reuters

Foto: REUTERS

O‘zbekiston Respublikasi, Prezident Shavkat Mirziyoyevning iqtisodiyotni tiklash borasidagi sa'y-harakatlari doirasida, Islomiy moliya institutini tashkil etishni rejalashtirmoqda. O‘tgan qisqa muddat mobaynida hukumat xalqaro pul almashinuvi tartiblarini liberalizatsiya qildi, shuningdek qozoq banklari uchun subsidiya olishda bir qancha yengilliklar yaratildi, deb yozadi Reuters kolumnisti Bernardo Vizkaino. 
Yangi tashkil etilayotgan institut amaldagi qonunchilikda belgilangan normalardan chetga chiqishi rasman aytildi.

“Ushbu harakat islomiy mahsulot va xizmatlarni keng tanishtirish imkoniyatini yaratib beradi. Shuning bilan, mamlakatda Islomiy moliya sanoatini tizimli ravishda tashkil etilishi kutilmoqda. O‘zbekistonning yondashuvi muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin, chunki hukumat barcha davlat organlari, xususan, Moliya vaziligi va Davlat soliq qo‘mitasida ham ushbu harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida ishchi guruhlar faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi. Ta'kidlash joizki, bular MDH davlatlari e'tiboridan chetda qolyapti. Islohotlar tashqi bozorni yurituvchi organlar tomonidan chuqur o‘rganib chiqiladi”, deya o‘z fikr bildirgan Qozog‘iston investitsiya va taraqqiyot vazirligi maslahatchisi Yerlan Baydavlet.

Institut faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan ko‘zlangan maqsad Yaqin Sharq va Janubi-g‘arbiy Osiyodan Markaziy Osiyoga ko‘z tikkan investorlarni kengroq jalb etishdir. Shuningdek, o‘zgarishlar mamlakatda moliyaviy savodxonlikni oshirishga xizmat qiladi. Ba'zi Islomiy moliya mahsulotlari mahalliy kreditorlar tomonidan taklif etilgan, ammo taklif etilayotgan loyihalar ularni yanada arzonlashtirishi mumkin.

Ma'lumot uchun, iyul oyida mahalliy banklar – Trastbank va InFinBank xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan bitim imzolashgan.​

Mavzuga oid