Sport | 22:59 / 23.07.2018
14510
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zilning Germaniya termasidan ketishi Turkiyada olqishlarga sazovor bo‘ldi

Foto: Benjamin Cremel/AFP/Getty Images

Turkiyalik ba'zi siyosatchilar Germaniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Mesut O‘zilning termadan ketish qarorini olqishlar bilan kutib olishdi. Bu haqda «Izvestiya» nashri xabar bermoqda.

Xususan, adliya vaziri Abdulxamit Gyul O‘zilning qarorini «fashizm darvozasiga kiritilgan gol» deb atadi.

Yoshlar va sport masalalari vaziri Mexmet Kasapoglu o‘z Twitter sahifasida shunday deb yozdi: «Ukamiz Mesut O‘zilning qarorini chin yurakdan qo‘llab-quvvatlashimizni bildiramiz». Germaniyalik futbolchining termadan ketishini qo‘llab-quvvatlab, Turkiya prezidentining rasmiy vakili Ibrohim Kalin ham ushbu ijtimoiy tarmoqda post qoldirgan.

Londonning «Arsenal» klubi yarimhimoyachisi kecha, 22 iyul kuni ortiq Germaniya termasi libosida maydonga tushmasligini e'lon qildi. Bunga ba'zi siyosatchilar va Germaniya futboli rahbarlari uning nasl-nasabi turk ekanidan siyosiy propaganda maqsadlarida foydalanishgani sabab bo‘lgan.

Shu yilning may oyida Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘an Londonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi vaqtida O‘zil hamda «Manchester Siti» a'zosi Ilkay Gyundogan bilan uchrashgandi. Uchrashuvdan tarqalgan fotosuratlar Germaniyada katta norozilikni keltirib chiqardi. Siyosatchilar bu ikki futbolchini «demokratik qadriyatlarga sodiqligini shubha ostiga qo‘yadigan» xatti-harakatlarni amalga oshirishda ayblashdi.

O‘zil Germaniya termasi safida 2009 yildan buyon to‘p surib keladi. O‘tgan vaqt davomida u jamoa libosida 92 o‘yinda maydonga tushib, 23ta gol urgan.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid