Germaniya muxlislar birlaşmasi mamlakat futbol ittifoqini Qatarda ötadigan jahon çempionatiga boykot qilişga çaqirgandi. Bunga sabab sifatida Qatardagi çempionat uçun qurilayotgan stadionlar kurilişida köplab muhojirlarning ölimi keltirilgan. 

25 mart kuni ötkazilgan JÇ-2022 saralaşidan örin olgan Islandiyaga qarşi öyinda «nemis maşinasi» futbolçilari liboslarida yozilgan harflar orqali HUMAN RIGHTS (inson huquqlari) iborasini yozişdi. Bu öziga xos isyondan keyin Germaniya jahon çempionatiga boykot qilişi haqida gapira boşlaşdi.

Inson huquqlari himoyasini JÇ-2022 saralaşida qatnaşayotgan Norvegiya milliy jamoasi ham talab qildi: «Inson huquqlari himoya qilinsin. Maydonda ham, undan taşqarida ham», degan yozuvli futbolkada maydonga tuşdi Norvegiya milliy jamoasi saralaş 1-turidan örin olgan Gibraltarga qarşi öyinda.

Britaniyaning The Guardian naşri Qatardagi stadion qurilişida muhojirlar noinsoniy şaroitda işlayotgani haqida jurnalistik tekşiruv e'lon qilgandi. Unda Qatarda jahon çempionati uçun stadionlarni quriş vaqtida Hindiston, Pokiston, Nepal, Bangladeş va Şri-Lankadan borgan 6,5 mingdan ortiq muhojir işçi ölgani aytilgan. Rasman esa 25 nafar işçi halok bölgani ma'lum. Qatardagi işçilar yaşaydigan lagerlardan mustaqil jurnalistik suriştiruv ötkaziş imkonsiz, bunga uringan jurnalistlar ta'qib qilingani aytiladi.