O‘zbekiston | 18:46 / 24.07.2018
18249
3 daqiqa o‘qiladi

25 iyul kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 25 iyul kuni poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi 19-21, kunduzi 34-36 daraja issiq bo‘ladi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 18-23, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi 20-25, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi 18-23, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi 22-27, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi. 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi 20-25, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi. 

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi. 

Mavzuga oid