Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekologik nazoratning jamoatchi inspektorligiga nomzod maxsus tayyorgarlikdan o‘tadi
Ekologik nazoratning jamoatchi inspektorligiga nomzodlarni maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
“Huquqiy axborot” kanalining xabar berishicha, nizomga muvofiq nomzodlar ekologik nazoratning jamoatchi inspektori bo‘lish uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tishlari lozim bo‘lib, fuqarolar ekologik nazoratning jamoatchi inspektori bo‘lish uchun maxsus tayyorgarlik kurslariga bepul qabul qilinadi
Buning uchun yashash joyidagi fuqarolar yig‘inlarining ekologiya komissiyasiga yoki ekologiya sohasida faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilotiga ariza bilan murojaat qilishi lozim.
Nomzod ma'qullangan taqdirda Atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziga nomzodni maxsus tayyorgarlik kurslariga yuborish to‘g‘risida rasmiy xat kiritiladi.
Maxsus tayyorgarlik kurslaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga ekologik nazoratning jamoatchi inspektori guvohnomasi berilishiga asos bo‘ladigan sertifikat beriladi.
Mavzuga oid
10:11 / 17.07.2025
Haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga pul talab qilgan inspektor ushlandi
07:49 / 19.03.2025
Milliy gvardiyaning voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar lavozimlari IIVga o‘tkazildi
10:57 / 20.01.2025
Navoiyda inspektor 16 yoshli bola boshqaruvidagi mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi
15:27 / 11.01.2025