DXX xabariga köra, u xizmat mavqeyini suiiste’mol qilgan holda özganing işonçiga kirib, uning Navoiy viloyatida yaşovçi tanişini davlat imtihonidan muvaffaqiyatli ötkazib, unga haydovçilik guvohnomasini olib berişini aytadi.

DXX Toşkent şahar böyiça boşqarmasi va Boş prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida Yunusobod tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda inspektor 1500 AQŞ dollari va kiriş imtihoni uçun tölanişi lozim bölgan 1 mln 900 ming söm pul mablağlarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168- va 211-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllandi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.