O‘zbekiston | 13:21 / 24.07.2018
8460
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurash bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Joriy yilning 22 iyul kuni Surxondaryo viloyatida turkiyalik mutaxassislar ishtirokida «Paxta yetishtirish agrotexnologiyasi» mavzuidagi amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir «O‘zagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkil etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan fan doktori Tocher Buzberk yuqori va sifatli hosil olishda zararli organizmlarga qarshi kurashish katta ahamiyatga ega ekanini va bugungi kunda bu borada Turkiya respublikasi tajribasi bo‘yicha ma'ruza qildi.

Mutaxassis ko‘zlangan hosilni olishda tuproq orqali mineral o‘g‘itlar berish, har ikki yilda organik o‘g‘it kiritish bilan birga  har sug‘orishdan oldin barg orqali 5-6 marta o‘simlikning o‘sishini boshqaruvchi vositalar va mikroelementlar bilan suspenziya qilish kerakligini ta'kidladi.

Asosiy hosilni saqlab qolish uchun asosiy zararkunanda bo‘lmish trips, qandala, ko‘sak qurtiga qarshi ular zarar berishidan oldin profilaktik kimyoviy ishlov berish kerakligini bayon qildi. Shuningdek, chigit unib chiqqandan boshlab mavsum davomida 5-6 marta zararkunandalarga qarshi kimyoviy ishlov o‘tkaziladi.

Mutaxassisning aytishicha, g‘o‘za qandalasi (creonteades pallidus) Turkiyadagi ayrim janubiy hududlarda ham uchraydi. Unga qarshi kurashilmasa, hosil 100 foizgacha yo‘qotilishi mumkin. Ularga qarshi kimyoviy usulda kurashilib, dimetoat, imidokloprid, bifentrin kabi dori vositalaridan foydalanish, yaxshi samara beradi.

Mavzuga oid