Jahon | 16:02 / 25.07.2018
10276
2 daqiqa o‘qiladi

«220 Volt» riteyleri konteyner-do‘konlar tashkil qildi

«220 Volt» elektr jihozlari va mahsulotlari riteyleri yangi shakldagi konteyner-do‘konlarni sinovdan o‘tkazmoqda.

Hozirda riteyler Moskva va Sankt-Peterburgda bittadan ana shunday do‘konlar tashkil qildi. Kompaniya 2019 yilga kelib 20ta do‘kon ochmoqchi. «220 Volt» bunday konteyner-do‘konlarni qurilishlar olib borilayotgan hududlar, uzoq tumanlar, ko‘rgazma va tadbirlar hamda do‘kon ochish imkoniyati yo‘q joylarda tashkil etishni rejalashtirgan.

Maydoni 30 kvadrat metrga yaqin konteynerlar taxminan 600 nomdagi mahsulotni joylashtirishga mo‘ljallangan. Bitta konteynerni ta'mirlash va jihozlash uchun 600-700 ming rubl ketadi. Mahsulotlar uchun yana 1 million rublga yaqin pul sarflanadi.

Foto: vc.ru

Ozgina mablag‘i bor va talab yuqori bo‘lgan «nuqta»larni bilganlar uchun  bu biznes juda daromadli bo‘lishi mumkin. Do‘kon uchun xarajat juda oz bo‘lib, savdo yurishmasa boshqa joyga ko‘chirish mumkin.

Kompaniya vakilining aytishicha, boshqa shakldagi, jumladan, chodir ko‘rinishidagi, g‘ildirakli do‘konlar varianti ko‘rib chiqilgan, lekin oxirida konteyner ma'qul deb topilgan.

Foto: vc.ru

Mavzuga oid