Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yuventus» «Bavariya»ni mag‘lub etdi
Foto: AP
«Yuventus» Xalqaro chempionlar kubogi uchrashuvida «Bavariya»ni mag‘lubiyatga uchratdi. Filadelfiyadagi «Linkoln Faynenshel Fild» stadionida kechgan bahs Turin klubining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Bahsdagi hisobni turinliklar hujumchisi Andrea Favilli 32-daqiqada ochdi, u «Bavariya» golkiperi Sven Ulrayxning qo‘pol xatosidan unumli foydalanib qoldi. 21 yoshli forvard oradan 8 daqiqa o‘tib dubl qayd etdi.
«Yuventus» keyingi uchrashuvda «Benfika» bilan kuch sinashadi (28 iyul), «Bavariya» «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushadi (29 iyul).
Yuventus Italiya – Bavariya Germaniya 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 32 Favilli, 2:0 – 40 Favilli.
Yuventus – Perin (Pinsolo, 71), Kellini (Kaldara, 54), Rugani(Bardzali, 54), Aleks Sandro, Joau Kanselu (Matsek, 71), Djan (Fadjoli, 44), Pyanich (Kastanos, 71), Bernardeski (Mateus Pereyra, 59), Markizio(Fernandes, 46), De Shilo, Favilli (Beltrame, 54).
Bavariya – Ulrayx (Xofmann, 82), Martines (Alaba, 37), Stanishich(Richards, 46), Bernat (Mayyer, 46), Johansson (Rafinya, 46), Riberi (Koman, 46), Tsilla (Chjon Vu Yen, 46), Gnabri (Robben, 46), Shabani (Sanshesh, 46), Will (Tsayzer, 46), Vagner (Vridt, 46).
Ogohlantirish: Kellini (16).
Mavzuga oid
07:03 / 07.05.2026
«PSJ» qatorasiga ikkinchi yil finalga chiqdi
22:20 / 29.04.2026
PSJ va «Bavariya» futbol sha’ni uchun jang qilib, birgalikda g‘olib bo‘lishdi
14:07 / 29.04.2026
Finaldan oldingi final. «PSJ» va «Bavariya» tarixiy o‘yin o‘tkazdi
23:03 / 19.04.2026