Jahon | 12:25 / 27.07.2018
5387
1 daqiqa o‘qiladi

YeK rahbari Trampga o‘z pozitsiyasini tushuntirishda kartochkalardan foydalanishga majbur bo‘ldi

Foto: AP

Yevrokomissiya (YeK) rahbari Jan-Klod Yunker AQSh yetakchisi Donald Tramp bilan uchrashuv vaqtida suhbatdoshiga savdo masalalari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini yetkazish uchun yorqin kartochkalardan foydalandi. Bu haqda The Wall Street Journal YeIdagi manbaga asosan xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Yunkerda o‘ndan ortiq kartochkalar bo‘lgan. Ularning har biri avtomobil savdosi, tibbiy jihozlar standartlari va boshqa mavzularga oid uchta tushunchaga ega edi.

«Biz bu ilmiy seminar emasligini bilardik. Har bir narsa juda oddiy bo‘lishi kerak edi», - deya aytib o‘tdi manba. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevrokomissiya rahbari Trampga harbiy qabriston fotosuratini sovg‘a qilgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid