Yevrokomissiya Xitoy elektromobillariga 35 foizgacha boj joriy etishni ma’qulladi
Yevropa komissiyasi tomonidan bojlar tasdiqlanganiga qaramay, tomonlarning texnik guruhlari bu borada murosaga kelish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Foto: Getty Images
Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqiga Xitoydan import qilinadigan elektromobillarga 35 foizgacha bo‘lgan bojlarni joriy etishni ma’qulladi.
«Bugun Yevropa komissiyasi Xitoydan besh yil muddatga akkumulyatorli elektromobillar importiga yakuniy kompensatsion bojlarni joriy qilish orqali subsidiyaga qarshi tekshiruvini yakunladi», — deyiladi xabarda.
YeIning yuqori martabali vakillaridan birining jurnalistlarga ma’lum qilishicha, Yevrokomissiya tomonidan bojlar tasdiqlanganiga qaramay, tomonlarning texnik guruhlari bu borada murosaga kelish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, «Yevrokomissiya qarori YeIning chorshanba kuni chop etiladigan rasmiy jurnalida e’lon qilinadi va 31 oktyabrdan kuchga kiradi».
Yevropa Ittifoqi bir necha oylik o‘ylanishlardan keyin oktyabr boshida Xitoy bilan keng ko‘lamli iqtisodiy urushni boshlashga qaror qilgandi. AQSh esa Xitoy uchun o‘z bozorini 2024 yil may oyida deyarli yopgan edi — mamlakat Xitoy avtomobil sanoatining barcha turdagi mahsulotlari importi uchun 100 foizli boj joriy etgan.
Avvalroq Yevropa Ittifoqi va Xitoy XXRdan import qilinadigan elektromobillarga nisbatan bojlar kuchga kirishidan oldin o‘zaro manfaatli muqobil yo‘llarni qidirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish niyatida ekani to‘g‘risida xabar berilgan edi. Yevropa komissiyasiga ko‘ra, Xitoyda elektromobillar davlatdan olingan subsidiya hisobiga ishlab chiqarilmoqda, shu boisdan ularning narxi YeIda ishlab chiqarilgan transport vositalaridan arzon.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatining hududiy sanoat yarmarkasi bilan tanishdi
O‘zbekiston | 17:56
-
Xitoy savdo urushi doirasida Boeing samolyotlarini sotib olishni to‘xtatdi
Jahon | 17:53
-
Fransiyada bir vaqtning o‘zida bir nechta qamoqxonaga hujum uyushtirildi
Jahon | 17:49
-
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46
Mavzuga oid

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi

23:16 / 01.04.2025