Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy rivojlanayotgan davlatlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ma'lum qildi
Foto: getty images
Xitoy qay darajada kuchayishidan qat'i nazar boshqa rivojlanayotgan davlatlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi, dedi XXR raisi Si Tszinpin.
"Xitoy qay darajada kuchaymasin, biz rivojlanayotgan dunyo haqida unutmaymiz. Biz bundan buyon ham rivojlanayotgan boshqa davlatlarning taraqqiy etishini qo‘llab-quvvatlashda va sizlar bilan (Afrika mamlakatlari — tahr.) hamkorlik qilishda davom etamiz ", — dedi u BRIKS yetakchilari uchrashuvida.
U Xitoy umumiy o‘sish va rivojlanish yo‘lida rivojlanayotgan davlatlar bilan hamkorlik qilishini bildirdi.
XXR raisining qayd etishicha, Xitoy va Afrika mamlakatlari ahil birodar, hamkor va do‘stlardir.
"Hamkorlikdagi sa'y-harakatlarimiz tufayli Xitoy-Afrika umumiy strategik hamkorligi rivojlanishda davom etmoqda. Biz yuz millionlab insonlar manfaatlari yo‘lida qator sohalarni qamrab oladigan umumiy hamkorlikni tashkil etamiz", — deb qo‘shib qo‘ydi u.
Mavzuga oid
09:06 / 25.05.2026
Xitoy kosmosda insonning uzoq yashashini o‘rganmoqda
22:01 / 23.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jingpingga hamdardlik bildirdi
12:04 / 23.05.2026
Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida kamida 90 kishi halok bo‘ldi
10:31 / 22.05.2026