Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda samolyot do‘lga uchrab bazo‘r qo‘ndi
Xitoyda parvoz vaqtida do‘ldan shikastlangan Tianjin Airlines aviakompaniyasining Airbus A320 samolyoti Xaynan orolida favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi.
China Daily nashrining habar berishicha, GS7865 reysi bo‘yicha Tyantszin—Xaynan yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan samolyot orolga yetib borgach, Xubey viloyatining Uxan shahrida qo‘nishga ruxsat so‘ragan.
Samolyot kruiz-nazorat rejimi bo‘yicha 10 km balandlikda uchayotgan vaqtda do‘lga uchragan. Samolyot qo‘ngandan keyin deyarli barcha oynalari sinib ketgani, tumshug‘ida esa katta pachoq hosil bo‘lgani ma'lum bo‘lgan.
Ekipajning uyushqoq harakatlari natijasida qo‘nish muvaffaqiyatli bajarilgan va hech kim jabr ko‘rmagan.
Mavzuga oid
09:06 / 25.05.2026
Xitoy kosmosda insonning uzoq yashashini o‘rganmoqda
22:01 / 23.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jingpingga hamdardlik bildirdi
12:04 / 23.05.2026
Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida kamida 90 kishi halok bo‘ldi
10:31 / 22.05.2026