Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Barchasini yanchib tashlaymiz”: Shvartsenegger tankida limuzinni majag‘lab tashladi (video)
Gollivud aktyori Arnold Shvartsenegger tankda limuzin ustidan yurib o‘tib, uni majag‘lab tashladi. Make It dasturi uchun olingan ushbu lavhalar CNBC telekanalining YouTube-kanalida joylashtirilgan.
Videoda Shvartsenegger va ko‘rsatuv boshlovchisi Jyey Leno aktyorga tegishli, 50 tonnalik M47 Patton II tankiga o‘tirib, 9 metrlik Lincoln TownCar limuzini ustidan o‘tib ketishgan.
Shvartsenegger bundan oldin boshlovchidan “Nimani yanchib tashlashni istarding?” deb so‘raganda, Leno unga “Nima topsak, barchasini”, deb javob qilgan.
M47 Patton II tanki M46 tankining modernizatsiyalashgan varianti bo‘lib, Koreya urushi vaqtida loyihalana boshlangan. Bu tanklar AQSh, Avstriya, Belgiya va yana boshqa bir qator davlatlar qurollanishida bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:02 / 06.04.2026
Type 96 dronlarga qarshi: Xitoyning 2500 ta tanki yangi himoya bilan jihozlandi
07:16 / 26.02.2026
Temir impuls: dunyoda tanklar soni bo‘yicha birinchi o‘rin kimda?
12:24 / 30.04.2025
AQSh Avstraliyaning Amerika tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilyapti
10:32 / 04.04.2025