Sport | 23:28 / 29.07.2018
2581
1 daqiqa o‘qiladi

Hemilton “Formula-1”ning Vengriya bosqichida zafar quchdi

“Mersedes” jamosi poygachisi Lyuis Hemilton “Formula-1” poygasining 12-bosqichi – Vengriya Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi.

Marraga ikkinchi bo‘lib “Ferrari” a'zosi Sebastyan Fettel, uchinchi bo‘lib uning jamoadoshi Kimi Raykkonen yetib keldi.

Umumiy hisobda Hemilton 213 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. 2-o‘rinni 189 ochko bilan Fettel, 3-o‘rinni 146 ochko bilan Raykkonen egallamoqda.

Muhandislar kubogida “Mersedes” 345 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.

Poyganing keyingi bosqichi – Belgiya Gran-prisi bir oylik ta'tildan keyin 24-26 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid