Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyadagi shaharni kenguru bosib ketdi
Guvohlar Avstraliya poytaxti Kanberra yaqinidagi shaharchada kengurular ko‘payib ketganini ma'lum qilishdi. Qishki qurg‘oqchilik paytida kengurular yemish izlab shahar ko‘chalariga chiqadi.
Piter Robinsonning yozishicha, u hovlisidagi o‘tlarni kemirayotgan kenguruni ko‘rib hayratga tushgan. Uning aytishicha, bunday holat ilk bor yuz bermoqda.
Mutaxassislar Avstraliyada iyundan avgustga qadar davom etadigan qish fasli kengurular uchun og‘ir fasl bo‘lishini, ular yemish topishga qiynalishini aytishmoqda. Bundan tashqari, 2018 yilgi sovuq tunlarda o‘tlar muzlab qolgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda kengurular bilan tasodifiy uchrashuvlar muhrlangan suratlar chop etilmoqda.
Kenguru odamga duch kelganida o‘zini tajovuzkor tutishi ham mumkin, masalan 2013 yilda avstraliyaliklardan birining kenguru bilan uchrashuvi jarohat olish bilan yakunlangan.
Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
15:09 / 15.03.2026