Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya sohillari yaqinida 1200 dan ko‘proq muhojir qutqarib olindi
Foto: AFP
Oxirgi bir necha kun ichida Ispaniya sohillari yaqinida 1200 dan ko‘proq muhojir qutqarib olindi. Bu haqda DW nashri ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, 27 iyulda Alboran dengizi va O‘rta yer dengizining g‘arbidagi Gibraltar bo‘g‘ozida 888 kishi qutqarib qolingan. 28 iyulda Andalusiya viloyati sohillari yaqinida yana 330 dan ko‘proq muhojir qutqarilgan.
Ispaniya ichki ishlar vaziri Fernando Grande-Marlaska migratsiya muammosini hal qilishga chaqirmoqda. “Migratsiya muammosi – Yevropaning umumiy muammosidir va uni hal qilish uchun umumevropa yechimi lozim”, deb aytgan Grande-Marlaska.
Xalqaro migratsiya tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, 2018 yil boshidan Ispaniyaga deyarli 21 ming muhojir kelgan.
Mavzuga oid
09:22 / 10.12.2025
Ispaniyada RFdan qochgan uchuvchini o‘ldirish ishi bo‘yicha tergov vaqtincha to‘xtatildi
13:24 / 01.12.2025
Madridda Pedro Sanchesga qarshi o‘n minglab kishi norozilikka chiqdi
10:19 / 24.11.2025
O‘zbekiston va Ispaniya zaytunchilikda hamkorlikni kuchaytiradi
08:19 / 19.11.2025