O‘zbekiston | 10:47 / 30.07.2018
8197
2 daqiqa o‘qiladi

Yildirim Group rahbari kompaniyaning O‘zbekistondagi loyihalari haqida gapirib berdi

Foto: Danil Potapov-Polichinskiy / Forbes

Turkiya kompaniyasi Toshkent aeroportining «reabilitatsiyasi» bilan shug‘ullanadi. Bu haqda Yildirim Group bosh direktori Robert Yildirim Forbes Kazakhstan’ga bergan intervyusida xabar qildi.

Birinchi loyiha - umumiy quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh va shamol stansiyasining qurilishi.

Kelajakda kompaniya Toshkent viloyatining Qibray tumanida davlat-xususiy sherikchilik asosida 600 MVt quvvatli ko‘mir va gaz elektrostansiyalari qurishni xohlamoqda. Bunga 1,2 mlrd dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni yo‘naltirish rejalashtirilgan.

Ikkinchi loyiha - Toshkent aeroportini tiklash.

«Aprel oyida men prezident Erdo‘g‘an delegatsiyasi tarkibida O‘zbekistonga tashrif buyurib, ikkita loyihani imzolagan edim. Bizning prezidentga O‘zbekistonga erkin bozor yaratish va o‘sishda yordam berishga va'da qildim», - deya izohladi Yildirim. 

Bundan tashqari, kompaniya kaltsinatsiyalangan soda zavodlariga e'tibor qaratmoqchi. Yildirim Group rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ular O‘zbekistonda bor, biroq yomon ishlayapti:

«O‘zbekiston hukumati bilan Markaziy Osiyoda mintaqaviy soda sanoatini yaratish uchun qozog‘istonlik sarmoyadorlar bilan birga birlashish va ularni o‘zimizga olib, qayta tiklash hamda eksport qilish borasida muzokaralar olib bormoqdamiz», - dedi Yildirim.