Jahon | 15:43 / 31.07.2018
22139
1 daqiqa o‘qiladi

«Dahshatga tushdim». YeXHT bosh kotibi Tojikistondagi voqea haqida gapirdi

Foto: Artem Geodakyan/TASS

YeXHT bosh kotibi Tomas Greminger Tojikistonda chet ellik sayyohlarga amalga oshirilgan hujum haqida gapirdi. U bu haqda tvitterdagi o‘z sahifasida yozgan.

Gremingerning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot Tojikiston tomonida bo‘lib, terrorizmga qarshi kurashishda davom etadi.

«Men Tojikistonda turistlarga uyushtirilgan terrorchilik hujumidan dahshatga tushdim», - deya ma'lum qildi Greminger. 

Avvalroq, Tojikistonda xorijlik sayyohlarga qilingan hujum uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid