O‘zbekiston | 14:59 / 31.07.2018
6958
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil qamoqxonalarida yuzlab falastinlik bolalar saqlanmoqda

Foto: EPA

29 iyul kuni Falastin ozod etish tashkiloti (FLT) bergan ma'lumotga ko‘ra, Isroil qamoqxonalarida 291 nafar falastinlik bola saqlanmoqda.

Tashkilot ijroiya qo‘mitasi a'zosi Hanan Ashraviy ayni vaqtda Isroil nazorati bo‘lgan qamoqxonalarda jami 5 ming 900 nafarga yaqin falastinlik mahbus saqlanayotganini bildirdi. 

«Ular orasida bolalar ham bor», deydi u.

Ushbu fakt Falastinlik o‘smir Ahad Al Tamimi va uning onasi Isroil hukumati tomonidan 8 oylik tutqunlikdan so‘ng ozod etilganidan keyin keng ommaga taqdim etildi. 

Ashraviy Isroilda falastinlik siyosiy mahbuslarning huquqi buzilayotgan paytda xalqaro tashkilotlar ushbu noqonuniy harakatlarga nisbatan hech qanday chora ko‘rmayotganidan tashvishdaligini yashirib o‘tirmayapti. 

Al Tamimi akasini hibsga olish uchun kelgan Isroil askariga qarshilik ko‘rsatgani tufayli millat qahramoniga aylandi. Isroil armiyasi 2017 yil dekabrda ushbu vaziyat muhrlangan videoni qayta ko‘rib, uni hibsga olgandi. Shundan so‘ng hukumat Al Tamimiga 8 oylik qamoq jazosini qo‘llagandi. ​

Mavzuga oid