Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil qamoqxonalarida yuzlab falastinlik bolalar saqlanmoqda
29 iyul kuni Falastin ozod etish tashkiloti (FLT) bergan ma'lumotga ko‘ra, Isroil qamoqxonalarida 291 nafar falastinlik bola saqlanmoqda.
Tashkilot ijroiya qo‘mitasi a'zosi Hanan Ashraviy ayni vaqtda Isroil nazorati bo‘lgan qamoqxonalarda jami 5 ming 900 nafarga yaqin falastinlik mahbus saqlanayotganini bildirdi.
«Ular orasida bolalar ham bor», deydi u.
Ushbu fakt Falastinlik o‘smir Ahad Al Tamimi va uning onasi Isroil hukumati tomonidan 8 oylik tutqunlikdan so‘ng ozod etilganidan keyin keng ommaga taqdim etildi.
Ashraviy Isroilda falastinlik siyosiy mahbuslarning huquqi buzilayotgan paytda xalqaro tashkilotlar ushbu noqonuniy harakatlarga nisbatan hech qanday chora ko‘rmayotganidan tashvishdaligini yashirib o‘tirmayapti.
Al Tamimi akasini hibsga olish uchun kelgan Isroil askariga qarshilik ko‘rsatgani tufayli millat qahramoniga aylandi. Isroil armiyasi 2017 yil dekabrda ushbu vaziyat muhrlangan videoni qayta ko‘rib, uni hibsga olgandi. Shundan so‘ng hukumat Al Tamimiga 8 oylik qamoq jazosini qo‘llagandi.
Mavzuga oid
14:15 / 18.06.2026
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
09:25 / 18.06.2026
Obama va Trampning Eron bilan kelishuvlari nimasi bilan farq qiladi?
13:33 / 17.06.2026
«Mensiz Isroil bo‘lmasdi» – Tramp Isroilning Livandagi harbiy taktikasini tanqid qildi
19:23 / 16.06.2026