Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Maxsustrans» DUK korxonasi rahbariyati o‘zgardi
Rahmatillo Murodillayevich Qarshiyev “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
R.Qarshiyev 1978 yilda Jizzax tumanida tug‘ilgan. 2001 yilda Buyuk Britaniyaning Bolton universiteti, 2006 yilda Sautgemton Solent universitetini tamomlagan.

Bundan avval “Best Prime AURUM” mas'uliyati cheklangan jamiyatida marketing va savdo bo‘limi boshlig‘i, “Hyundai Engineering CO. Ltd” xorijiy korxonasida inspektor bo‘lib ishlagan.
Shuningdek, Sherzod Irgashevich Kattaxodjayev “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi direktori birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Sh.Kattaxodjayev 1977 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1999 yilda Toshkent davlat texnika universitetini, 2002 yilda Shotlandiyaning Robert Gordon universitetini tamomlagan.
Bundan avval “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tarmog‘idagi, “O‘zbekkimyomash” zavodi Turbokompressorlar ishlab-chiqarish sexining boshliq o‘rinbosari, “Tiklamoq” mas'uliyati cheklangan jamiyati direktori, “Energiya tejash milliy kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining bosh direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Mavzuga oid
11:56
Toshkentda giyohvand moddalar savdosi uchun tashkil etilgan Telegram-bot fosh etildi
11:07
Toshkentda dori vositalarining noqonuniy savdosi fosh etildi
10:03
Toshkentda avtobuslarga gaz quyish shoxobchalari 33 tadan 11 tagacha qisqartirildi
14:30 / 23.12.2025