Toşkent şahri avtobuslarida yölkirani tölamagan yölovçilarga nisbatan qat’iy çoralar körilmoqda, deya xabar berdi Transport nazorati inspeksiyasi.
Ma’lum qilinişiça, joriy yilning ötgan 3 oyi davomida inspektorlar tomonidan 32450 ta holatda qoidabuzarlik aniqlanib, ma’muriy bayonnomalar rasmiylaştirilgan.
“Hozirda tölov tizimi va inspektorlar faoliyati raqamlaştirilgan bölib, nazorat tadbirlari monitoring natijalaridan kelib çiqib, yönalişlarda manzilli amalga oşirilmoqda. Jumladan, 8 ta yönalişda (2026 yil boşidan 28 ta) yöl haqi nazorati kuçaytirilgan tartibda ötkazildi va natijada yönalişlarda tranzaksiyalar soni nisbatan oşdi”, deyiladi xabarda
Transport nazorati inspeksiyasi barça yölovçilardan jamoat transportidan foydalanişda belgilangan qoidalarga rioya qilib, yöl haqqini öz vaqtida tölaşni söradi.
Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 144-moddasiga asosan, jamoat transportida yölkira tölamagan yölovçilar BHMning öndan bir qismi (hozirda 41 200 söm) miqdorida jarimaga tortiladi.

















