Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Roma» «Barselona» ustidan irodali g‘alabaga erishdi
Foto: Getty Images
Kecha, 31 iyul kuni Xalqaro chempionlar kubogida navbatdagi uchta bahs bo‘lib o‘tdi. «MYu» - «Real» hamda «Tottenhem» - «Milan» bahslari haqida avval xabar berib o‘tgandik.
Kechagi kunning so‘nggi uchrashuvi Texasda «Barselona» va «Roma» jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. O‘yin gollarga boy tarzda kechib, 4:2 hisobi bilan rimliklar foydasiga yakun topdi.
6-daqiqadayoq hisob ochildi: Rafinya ajoyib kombinatsiyani golga aylantirdi. Tanaffusga qadar «Roma» safidan Al-Shaaravi to‘p kiritib, hisobni tenglashtirishga erishdi.
Ikkinchi bo‘lim boshida «Barselona» yana hisobda oldinga chiqib oldi: kataloniyaliklarning yangi xaridi Malkom jamoadagi ilk golini urdi.
Ispanlar ikki marta hisobda oldinda borgan bo‘lsa-da, o‘yinning so‘nggi 7 daqiqasida 3ta gol kiritishni uddalagan italyanlar ularni taslim etdi.
Xalqaro Chempionlar kubogi - 2018
Arlington. «Kovboylar» stadioni
"Barselona" - "Roma" - 2:4 (1:1)
Gollar: Rafinya, 6 (1:0). Al-Shaaravi, 35 (1:1). Malkom, 49 (2:1). Florentsi, 78 (2:2). Kristante, 83 (2:3). Perotti, 86 - penaltidan (2:4).
"Barselona": Sillessen, Aleysh Vidal (Tabla, 46), Kukurelya (Miranda, 46), Marlon (Chumi, 46), Semedu (Kuenka, 62), Langle (Palensiya, 63), Artur (Puig, 46), Serxi Roberto (Monchu, 46), Malkom (Peres, 62), Rafinya (Kolyado, 62), Al-Haddodi (Ruis, 46).
"Roma": Olsen (Mirante, 46), Santon (Kristante, 61), Manolas (Juan Jyezus, 61), Markano (Kolarov, 76), Florentsi, Strotman (Shik, 61), Lo.Pellegrini (Lu.Pellegrini, 62), De Rossi (Pastore, 66), Klyuyvert (Perotti, 61), Jyeko (Gonalon, 68), Al-Shaaravi (Fasio, 76).
Ogohlantirish: Lo.Pellegrini, 27. Aleysh Vidal, 37. Manolas, 37.
Hakam: Rivero (SShA).
Mavzuga oid
12:34 / 04.02.2026
«Arsenal» finalga chiqdi, «Albasete» «Barsa»ga ham muammo tug‘dirdi. Kun o‘yinlari
12:17 / 01.02.2026
Shomurodovda yana gol, London derbisida mojaro, Salohda rekord. Kun o‘yinlari
14:12 / 28.01.2026
YeChLda so‘nggi tur: kimga qanday natija kerak?
17:16 / 22.01.2026