O‘zbekiston | 15:19 / 01.08.2018
8496
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“O‘zstandart”ning Samarqand markazi Janubiy Koreya investitsiyasi ishtirokida qo‘shma korxona tashkil etdi

Foto: UzReport

Yurtimizda qulay investitsiya muhitini yaratishga, xorijiy hamkorlarni jalb etishga alohida e'tibor qaratilayotgani bois ham o‘tgan davrda avtomobilsozlik, maishiy elektronika, kimyo sanoati va shu kabi ko‘plab sohalar yildan-yilga taraqqiy etib bormoqda.

Joriy yilning 26 iyul kuni Samarqand shahrida “O‘zstandart” agentliging “Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi Janubiy Koreyaning «HANA PLANT CO. LTD» kompaniyasi hamda jismoniy shaxs KIM YOU CHUL investitsiyalari ishtirokidagi yangi qo‘shma korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Tashkil etilgan «SAM-KOR TESTING» mas'uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxonasi muvofiqlikni baholash sohasida avtotransport vositalarini sinovdan o‘tkazish va o‘lchov vositalarini metrologik sinovdan o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanishga ixtisoslashgan.

Mazkur yo‘nalishni kengaytirish yangi zamonaviy innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan sinov laboratoriyalari sonini ko‘paytirish maqsadida qo‘shma korxonaning 2018-2021 yillarga mo‘ljallangan strategik rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu rejaga muvofiq 2021 yilgacha 3 mln. AQSh dollari miqdoridagi investitsiyani o‘zlashtirish ko‘zda tutilmoqda.

Albatta, mamlakatimizda bugungi kunda xorijiy investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan qonun yo‘li bilan keng ko‘lamdagi imtiyozlar, afzalliklar va kafolatlar tizimi yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasining «Chet el investitsiyalari to‘g‘risida»gi, «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida»gi Qonunlari hamda bu borada qabul qilingan farmon va qarorlarda chet ellik investorlar faoliyatining huquq va kafolatlari belgilab qo‘yildi.

Shu bilan birga, bugungi kunda tadbirkorlik sub'yekt­lari uchun O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida doimiy tusdagi, hukumatning alohida qarorlari bilan doimiy hamda muayyan muddatga belgilangan imtiyozlar joriy qilingan. Ushbu imtiyozlardan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy korxonalar kabi foydalanish huquqiga egadirlar.

Mavzuga oid