Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda qadimiy ko‘prik qoldiqlari topildi
Buxoro viloyatining Romitan tumanida joylashgan «Xo‘ja Niyoz Xorazmiy» maqbarasi oldidan oqib o‘tuvchi zovurda qurilish ishlari olib borilayotgan paytda suv ostidan X asrga taalluqli «Laq-Laqa» ko‘prigi topilgan.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu ko‘prikni tadqiq qilish uchun Toshkent Arxeologiya Tadqiqot Instituti mutaxassislari chaqirilib o‘rganilganda, ko‘prik X asrda qurilgani va XVI asrda qayta ta'mirlanganligi tasdiqlandi.

Mazkur hududda tadbirkor Nizom Huseynov tomonidan ekoturistik markaz yaratish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda. Bu yerga keluvchi turistlar kelajakda nafaqat qadimiy ko‘prik qoldiqlarini, balki cho‘l hayvonlari bog‘i, qadimiy uy namunasi va milliy hunarmandchilik mahsulotlaridan ham bahramand bo‘lishadi.




Mavzuga oid
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026
Buxoroda sog‘liqni saqlash tizimidagi korrupsion sxema fosh etildi
21:35 / 21.05.2026