Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Hindiston tashqi ishlar vazirini qabul qiladi
2018 yilning 4 avgust kuni Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj Toshkentga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Hindiston delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda, deyiladi xabarda.
Shuningdek, tashrif dasturidan Hindiston TIV rahbarining O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, hukumati va Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati bilan uchrashuvlari va muzokaralari ham o‘rin olgan bo‘lib, mazkur tadbirlar davomida O‘zbekiston – Hindiston hamkorligini yanada rivojlantirishning amaliy jihatlarini, shuningdek xalqaro kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan.