Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya TIV Amerika sanksiyalariga javob qaytarishga va'da berdi
Anqara AQShning sanksiyalariga javob qaytaradi, dedi Turkiya TIV rahbari Mavlut Chovushoglu.
Avvalroq AQSh moliya vazirligi amerikalik pastor Endryu Branson sababli Turkiya adliya vaziri Abdulhamit Gyul va ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluga nisbatan sanksiyalar joriy etilganini e'lon qilgandi. Ular «pastorning hibsga olinishida yetakchi rolni o‘ynashgan» deyiladi AQSh moliya vazirligi bayonotida.
"Agar AQSh ma'muriyati bunday usullar yordamida o‘zining noqonuniy talablariga erisha olmasligini tushunmasa, biz muammolarimizni hal qila olmaymiz/ AQShning bizning ikki vazirimizga nisbatan sanksiya kiritishga urinishi javobsiz qolmaydi", — deb yozdi Chovushoglu Twitter’da.