Jahon | 09:18 / 03.08.2018
6187
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zelandiya poytaxtining bir qismi elektrsiz qoldi

Foto: Flickr / PhillipC

Yangi Zelandiya poytaxti Vellingtondagi bir nechta tuman, jumladan mamlakat parlamenti elektr energiyasi yetkazib beruvchi ishidagi uzilishlar sababli elektrsiz qoldi, deb xabar berdi TVNZ telekanali.

Wellington Electricity kompaniyasining ma'lum qilishicha, shaharning shimoliy va g‘arbiy tumanlaridagi 12,5 ming uy va idoralarda elektr ta'minoti uzib qo‘yilgan.

Shaharda svetoforlar ishlamayapti, qator korxonalar ishchilariga uyga javob berib yuborgan.

Mavzuga oid