Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gilam va yumshoq mebellaringizga dastlabki tozalik qaytishini istaysizmi?
Bu rasmning chap tomondagisi gilamdagi oddiy changning maxsus qurilma ostidagi bir ko‘rinishi, xolos. Uyda, ofisda va umuman kundalik ishlar bilan band bo‘ladigan joylarimizda esa bunday changlarning adog‘i yo‘q. Ish va oilaviy tashvishlar bilan chalg‘ib, ba'zan salomatligimizga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan bunday omillarga yetarlicha e'tibor qaratmaymiz. To‘g‘ri, zamonamiz kishisining buni doim nazorat qilishga vaqti yo‘q, biroq bu muammoning yechimi bor!
“Chistiy Dom Lyuks” kompaniyasi uy, ofis va umuman har qanday tashkilot hamda idoralardagi gilamlarni professional yuvish, yumshoq mebel va turli qoplamalarni kimyoviy tozalash xizmatlarini taqdim etadi.
Tozalash ishlarini amalga oshirish davomida “Chistiy Dom Lyuks” xodimlari faqat ekologik toza, gipoallergen professional tozalash vositalaridan foydalanishadi. Bu esa allergiyaga moyilligi bor insonlar uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega.
Shunday ekan, “Chistiy Dom Lyuks” xizmatlaridan keyin Sizning gilam, qoplamalar (kovrolan), adeyallar hamda yumshoq mebellaringiz nafaqat mukammal darajada toza, balki Siz va farzandlaringiz sog‘lig‘i uchun mutlaqo xavfsiz bo‘lishiga ham ishonch hosil qilasiz.
“Chistiy Dom Lyuks”dagi tozalash ishlari har qanday injiq mijozning ham talabini qondiradigan darajada to‘kis bajariladi. Masalan, gilam yuvish jarayonining o‘zi bir necha bosqichda amalga oshiriladi:
- dastlab, gilam hajmi mijoz oldida o‘lcham olinadi;
- gilamdagi chang va boshqa kirlar vakuum qurilmada mexanik tozalanadi;
- dog‘lardan xalos bo‘lish uchun maxsus shampunli hovuzga solinib, alohida qayta ishlanadi;
- professional tozalash vositalari bilan maxsus texnika yordami yuviladi;
- sentrifugada suvi siqiladi va gilam 90% quruq holatga keltiriladi;
- bir sutka davomida maxsus quritish joyiga osib qo‘yiladi;
- so‘nggi bosqichda yuqori quvvatli changyutkich bilan tozalanib, maxsus polietilen paketga joylanadi va Sizga qulay vaqtda o‘zingiz istagan manzilga yetkazib beriladi.
Shuningdek “Chistiy Dom Lyuks” kompaniyasi aytilgan manzilning o‘zida ham gilam yuvish va yumshoq mebellarni kimyoviy tozalash xizmatlarini ko‘rsatadi.
Darvoqe, 50 kvadrat metrdan ortiq qoplamalarni tozalashga buyurtma berganlarga maxsus diskont kartalar taqdim etiladi va bunday mijozlarga doimiy ravishda chegirmali xizmatlar ko‘rsatiladi. Bundan tashqari nafaqaxo‘r, nogiron va urush faxriylariga 10% chegirma ham mavjud.
“Chumchuq so‘ysa ham, qassob so‘ysin” deganlaridek, bunday murakkablikdagi ishlarni o‘z ustalariga ishonganingiz ma'qul, zero gilam yo yumshoq mebellar arzon narxga olinmaydi. Shunday ekan, ularni tozalash ishlariga ehtiyotkorlik bilan yondashib, “Chistiy Dom Lyuks”ga murojaat qiling!
“Chistiy Dom Lyuks” xodimlari atigi bir soat ichida Sizning yumshoq mebellaringizga dastlabki tozaligini qaytaradi!
“Chistiy Dom Lyuks” – tezkorlik, sifat va qulaylik!
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 3a-uy
Tel./faks: 246 07 03
Qo‘shimcha ma'lumot uchun telefonlar: +99897 344 61 61, +99898 115 50 04, +99899 807 61 61
Telegram: t.me/chistiydomlyuks
Sayt: www.chistiydom.uz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
15:35 / 10.10.2025
Xivada ilk bor xalqaro gilam ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
15:54 / 12.12.2024
O‘zbekiston va Pokiston birgalikda gilam ishlab chiqarishni boshlaydi
08:43 / 20.12.2023
OAV: Samarqandda qo‘lda to‘qilgan eng yaxshi gilamning bahosi Moskvadagi kvartira narxi bilan teng
10:54 / 02.11.2022