Mayya sivilizatsiyasining halokati sababi ma'lum qilindi
Amerika Qo‘shma Shtatlari va Buyuk Britaniyadan bo‘lgan xalqaro olimlar guruhi qadimgi Mayya sivilizatsiyasi uzoq va og‘ir qurg‘oqchilik tufayli halok bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini aniqladi. Bu haqda Science Alert’dagi matbuot uchun xabarnomada aytiladi.
Ma'lumki, eramizning IX asrida mayya aholisi kamayib ketgan, shaharlarda yashovchi odamlar u yerlardan chiqib ketgan va suv ta'minoti tizimlari buzilgan. Olimlar sivilizatsiyaning yo‘q bo‘lib ketishiga sabab sifatida tuproq unumdorligi pasaygani va ichimlik suvi yetishmovchiligi, Markaziy Amerika boshqa xalqlari tomonidan hujumlar yoki epidemiya bilan bog‘liq bir necha farazlarni taklif qilganlar.
Tadqiqotchilar, mayya sivilizatsiyasi vaqtidagi iqlim sharoitini aniqlash uchun Yukatan yarim orolida joylashgan Chichanchanab ko‘li cho‘kindilarini tahlil qilishdi. Uzoq muddatli qurg‘oqchilik sharoitida ko‘lda suv miqdori sezilarli darajada qisqaradi, natijada ichida suv bo‘lgan gips kristallari paydo bo‘ladi.
Olimlarning aniqlashicha, eramizning 800-1000 yillari davomida yog‘ingarchilik miqdori 70 foizga kamaygan. Qurg‘oqchilik O‘rta asrlardagi iqlim darajasiga to‘g‘ri keldi - Shimoliy yarim shardagi nisbatan issiq iqlim, u quyosh faolligi oshishi va vulqon otilishlari sonining kamayishi sabab yuzaga kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bermud uchburchagida kemalarning yo‘qolib qolish siri oshkor qilingandi.
Mavzuga oid
10:56 / 07.11.2024
Pomidordan qulupnaygacha. Marsda yashay oladigan 8 ta o‘simlik ma’lum qilindi
17:18 / 05.11.2024
Raqobat kuchli: Xitoydagi ta’lim tizimi yoshlar orasida ruhiy tushkunlikka sabab bo‘lmoqda
15:55 / 05.11.2024
Homiladorlikda shakar iste’moli kamaytirilsa, bola ulg‘ayganda qandli diabetga chalinish xavfi pasayadi - tadqiqot
10:33 / 02.11.2024