Sautgempton universiteti olimlarining ma'lum qilişiça, Bermud uçburçagida kemalarning sirli yöqolib qolişi sababini aniqlaşga muvaffaq bölişdi. Bu haqda Daily Star gazetasi yozmoqda.

Tadqiqotçilarning xulosasiga köra, uşbu mintaqadagi kemalarning ommaviy qirğiniga Bermud uçburçagi içida tez-tez paydo bölib turadigan 30 metrlik «qotil tölqinlar» sababdir. Birinçi bunday tölqinlar faqatgina 1997 yilda qayd etilgan. Olimlarning sözlariga qaraganda, ular yöq joydan paydo bölişi mumkin va juda katta zarar yetkazuvçi kuçga ega, hattoki eng katta kemalar ham bunga qarşilik körsata olmaydi.

Sautgempton universiteti xodimlari öz nazariyalarini sinab köriş uçun 1918 yilda Bermud uçburçagida ğoyib bölgan USS Cyclops ulkan kemasining modelini yaratişdi. Uning halokatga uçraşi vaqtida bortda 300 kişi bölgan. Olimlar modellaştiriş yordamida «portlovçi tölqinlar» ta'sirini yaratişga muvaffaq böldilar. Tadqiqotçilarning fikriça, aynan ular kemaning çökib ketişiga sabab bölgan.