Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: KXDR neft ta'minotida xorijiy kemalardan foydalanyapti
Foto: AFP
Shimoliy Koreya BMT Xavfsizlik kengashining sanksiyalarini chetlab, mamlakatda neft ta'minotini tashkil qilish uchun xorijiy kemalardan foydalanmoqda. Bu haqda NHK telekanali tashkilotning hisobotiga tayangan holda xabar beryapti.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, KXDR Sharqiy-Xitoy dengizida xorijiy kemalardan neftni quyish bilan shug‘ullanmoqda.
Ta'kidlanishicha, Shimoliy Koreya o‘z kemalaridan foydalanishdan tiyilib turibdi, sababi ular BMT sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.
Shuningdek, hujjatda qayd etilishicha, Shimoliy Koreya noqonuniy ravishda ko‘mirni ham eksport qilmoqda.
Avvalroq, Shimoliy Koreya yadro va raketa dasturlari ustida ishlashni davom ettirayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
09:03 / 15.12.2025
Prokuror: Janubiy Koreya sobiq prezidenti KXDRni tajovuzga undamoqchi bo‘lgan
12:24 / 18.11.2025
KXDR: Seul uchun suvosti kemalari mintaqada "yadroviy domino"ni keltirib chiqaradi
18:21 / 10.11.2025