Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DSQ bojxona imtiyozlaridan foydalanilishini kameral nazorat qiladi
Vazirlar Mahkamasining “Berilgan bojxona imtiyozlaridan maqsadli foydalanilishini kameral nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining o‘zaro hamkorligi mexanizmi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.
Berilgan bojxona imtiyozlaridan maqsadli foydalanilishini kameral nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining o‘zaro hamkorligi mexanizmi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, kameral nazorat soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan tartibda berilgan moliyaviy va soliq hisobotlari, bojxona yuk deklaratsiyalari, shuningdek, soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida davlat soliq xizmati organida mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlarni o‘rganish va tahlil qilish asosida Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Quyidagilar Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi o‘rtasida axborot almashish predmeti hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o‘tadigan tovarlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
bojxona haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq taqdim qilinishi nazarda tutilgan bojxona yuk deklaratsiyalari, tovarlar to‘g‘risidagi hujjatlar va ma'lumotlar;
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirayotgan soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma'lumotlar.
Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan bojxona imtiyozlari berilgan soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma'lumotlar Davlat soliq qo‘mitasiga onlayn rejimda taqdim qiladi.
Bojxona imtiyozlari berilgan soliq to‘lovchilar to‘g‘risida olingan ma'lumotlar ushbu ma'lumotlardan kameral nazorat qilish jarayonida foydalanish uchun Davlat soliq qo‘mitasining yagona ma'lumotlar bazasiga avtomatik tarzda kiritiladi.
Kameral nazorat qilish jarayonida davlat soliq xizmati organlari:
kameral nazorat qilishda soliq to‘lovchilarni ularning huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirishga;
qonun hujjatlariga muvofiq soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi ma'lumotlar sir saqlanishiga rioya qilishga;
kameral nazoratni tartibga solish bo‘yicha qonunlar va boshqa normativ- huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilishga majburdir.
Davlat soliq qo‘mitasi Davlat bojxona qo‘mitasi va soliq to‘lovchilardan olingan ma'lumotlar asosida davlat soliq xizmati organlari tomonidan kameral nazorat qilinishi monitoringini olib boradi.
Davlat soliq xizmati organlari soliq to‘lovchilar tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotlarini, shuningdek, bojxona organlaridan olingan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning bojxona yuk deklaratsiyalarini tahlil qilish asosida har chorakda bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llagan barcha soliq to‘lovchilar bo‘yicha berilgan bojxona imtiyozlaridan foydalanishni ularning faoliyatiga aralashmasdan tahlil qilish asosida kameral nazorat qiladi.
Davlat soliq qo‘mitasi berilgan bojxona imtiyozlaridan belgilangan maqsadlardan boshqa maqsadda foydalanish bo‘yicha aniqlangan holatlar va ko‘rilgan choralar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni har choraklik asosida Davlat bojxona qo‘mitasiga yuboradi.
Davlat bojxona qo‘mitasi aniqlangan holatlar to‘g‘risida ma'lumotlar olinganidan so‘ng uch ish kuni mobaynida ushbu ma'lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun belgilangan tartibda hududiy bojxona organlariga yuboradi.
Mavzuga oid
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
08:58 / 25.05.2026
O‘zbekistonda arxiv xizmatlari ustidan nazorat kuchaytiriladi
08:34 / 22.05.2026
Qayta ishlangan mahsulotlarga bojxona imtiyozlari qo‘llanadi
18:32 / 15.05.2026