Bu haqda “Özarxiv” agentligi tomonidan işlab çiqilgan nizom loyihasida söz boradi. Hujjatga köra, arxiv xizmatlari sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati maxsus “xavfni tahlil etiş” elektron tizimi orqali baholanadi.
Tizim tadbirkorlik sub’yektlarida qonunbuziliş xavfi darajasini aniq mezonlar asosida “ball” tizimi orqali baholaydi. Natijalarga köra sub’yektlar xavfi yuqori, örta va past toifalarga ajratiladi.
Loyihada belgilanişiça, xavfi yuqori va örta deb topilgan sub’yektlarda profilaktika tadbirlari ötkaziladi, zarur hollarda esa tekşiruv taşabbus qilinişi mumkin. Xavfi past deb baholangan sub’yektlarda tekşiruv ötkazilmaydi.
Şu bilan birga, xavf tahlili jarayonida tadbirkorlik sub’yektlaridan qöşimça hujjat yoki axborot talab qilişga yöl qöyilmasligi qayd etilgan.
Tahlil qilişda litsenziyalar, statistik ma’lumotlar, murojaatlar, OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlardan foydalanilişi mumkin.
Nizom loyihasiga köra, tekşiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi orqali xabardor qilingan holda amalga oşiriladi va tadbirkorlar tekşiruv boşlanişidan kamida ön iş kuni oldin ogohlantiriladi.
Hujjatda tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatiga asossiz aralaşiş yoki ularning işini noqonuniy töxtatib qöyiş holatlarida yetkazilgan zarar aybdor şaxslardan undirilişi ham belgilangan.











