Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda o‘zbekistonlik qiz mehmonxona derazasidan tushib ketdi
Illyustrativ foto/Fotolia
Sankt-Peterburg huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari O‘zbekiston fuqarosining jarohat olishi bilan bog‘liq holatni tekshirishmoqda. Ayol mehmonxonaning derazasidan tushib ketgan.
Hodisa 2018 yil 4 avgust kuni, taxminan soat 17.30da, Bolsheviklar shoh ko‘chasi, 54-uyda sodir bo‘lgan. Tez tibbiy yordam «Belyye nochi» mehmonxonasi yonidan 25 yoshli qizni olib ketgan. Jabrlanuvchi uchinchi qavatda joylashgan xona derazasidan pastga tushib ketgan.
Qiz Aleksandrovskiy kasalxonasiga yotqizildi. Bemorning ahvoli og‘ir: shifokorlar unda ko‘p sonli sinishlar va umurtqa shikastlanishini aniqlashgan.
Huquq-tartibot organlari qiz bilan birga mehmonxona xonasida bo‘lgan o‘zbekistonlik 60 yoshli erkakni so‘roq qildi.
Mavzuga oid
21:28 / 22.12.2025
Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi
17:48 / 22.12.2025
Shavkat Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
18:29 / 21.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga keldi
18:14 / 21.12.2025