Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda ikki qavatli bino avtomobillar ustiga qulashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
2 avgust kuni Buxoro viloyati hududida ikki qavatli bino qulab tushishi oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi Bukhara Info sahifasida xabar qilingan.
Ma'lum bo‘lishicha, eski taxta zavod o‘rnidagi temir bozorida ikki qavatli bino qulagan va bino oldida turgan «Tiko» va «Matiz» avtomobillarini bosib tushgan.
Buxoro shahar IIB tomonidan aniqlik kiritilishicha, xususiy qurilish tashkiloti tomonidan savdo majmuasini qurish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tufayli qo‘shni ikki qavatli bino qulagan — ushbu hodisa ro‘y berishidan 2 kun avval chuqurligi 2,5 metr, o‘lchami 17 metrga 15 metr bo‘lgan kotlovan qazilgan edi.
Ayni vaqtda hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:10
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026
Buxoroda sog‘liqni saqlash tizimidagi korrupsion sxema fosh etildi
21:35 / 21.05.2026