Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 15:14 / 08.08.2018
12745
1 daqiqa o‘qiladi
Yengil atletika bo‘yicha jahon chempioni YTHda halok bo‘ldi
Foto: Getty Images
Yengil atletika bo‘yicha 2015 yilgi jahon chempioni Nikolas Bett avtohalokat oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.
The Sun ma'lumotiga ko‘ra, 28 yoshli sportchi Afrika chempionatidan qaytib kelgan kuni o‘z vatani - Keniyada halokatli avariyaga uchragan.
Bett 400 metrga to‘siqlar osha yugurish bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan. Shuningdek, Afrika chempionatining ikki karra sovrindoridir (400 metrga to‘siqlar osha yugurish va estafeta). Uning egizak ukasi ham xuddi shu yo‘nalishda ishtirok etadi.