Yilning eng yaxshi yengil atletikachilari nomlari ma'lum qilindi
Yil yakunlanib borar ekan, turli sohalarda, jumladan sportda yil yakunlari sarhisob qilinmoqda.
Shu o‘rinda, Yengil atletika federatsiyalari xalqaro uyushmasi (IAAF) 2016 yilning eng yaxshi erkak va ayol yengil atletikachisi nomlarini ma'lum qildi. Ular 9 karra Olimpiya chempioni, yamaykalik sprinter Useyn Bolt va efiopiyalik yuguruvchi Almaz Ayana bo‘ldi.
IAAF matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, 2 dekabrda Monakoda g‘oliblar nomlari e'lon qilingan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Bolt 2016 yilgi yozgi Olimpiadada 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi, Ayana esa shu Olimpiadaning 10 ming metrga yugurish yo‘nalishi bo‘yicha chempion bo‘lib, jahon rekordini o‘rnatdi. Ayana shuningdek 5 ming metrga yugurishda bronza medali sohibasi bo‘ldi.
IAAF yilning porlab chiqayotgan yengil atletikachilari sifatida Rio-2016’ning yetti kurash bo‘yicha chempioni, belgiyalik Nafissatu Tiamni hamda bitta kumush va ikkita bronza medal qo‘lga kiritgan kanadalik yuguruvchi Andre de Grassni e'tirof etdi.
Mavzuga oid
21:10 / 20.04.2024
Dyuplantis langarcho‘pda sakrash bo‘yicha jahon rekordini sakkizinchi marta yangiladi
21:23 / 24.08.2020
Useyn Bolt koronavirus yuqtirib oldi
21:44 / 16.02.2020
Ho‘kizlar bilan yugurish musobaqasi ishtirokchisi Useyn Bolt rekordini ortda qoldirdi - OAV
09:32 / 07.04.2019