Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Mey YeI bilan Brexit bo‘yicha muzokaralarni noyabrgacha cho‘zmoqchi
Foto: Luke MacGregor/Bloomberg
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Yevropa ittifoqi bilan Brexit bo‘yicha muzokaralarni cho‘zmoqchi, deb xabar berdi Bloomberg agentligi o‘z manbasiga tayanib.
Manbaning aytishicha, YeI mas'ul shaxslari Brexit bo‘yicha hal qiluvchi muzokaralarni sentabrda o‘tkazishni istayotgan bir paytda Buyuk Britaniya bu muddatni ortga surishga intilmoqda.
Mey bu borada GFR kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning qo‘llab-quvvatlashiga umid qilmoqda, deb taxmin qilgan manba.
Agentlikning yozishicha, Buyuk Britaniyaning bu rejasi Yevropaning rejalariga mos kelmaydi. Buyuk Britaniya YeIni 29 martda tark etishi kerak va tomonlar oktabrda kelishuvni yakunlashga harakat qilishlarini bildirgandi.
Mavzuga oid
14:48 / 24.11.2024
London YeI bilan munosabatlarni tiklash uchun muzokarachi qidirmoqda
08:53 / 01.12.2022
Brexit: Bryussel Londonga bosim o‘tkazishning yangi vositalariga ega bo‘ladi
14:37 / 04.01.2022
Brexit’ga bir yil to‘ldi: Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etib yutdimi yo yutqazdi?
22:11 / 30.12.2021