O‘zbekiston | 19:50 / 08.08.2018
10722
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari telefon orqali muloqot o‘tkazishdi

8 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘rtasida telefon muloqoti o‘tkazildi.

Muloqotda davlat rahbarlari O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari yuqori sur'atlarda rivojlanib borayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etishgan.

O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy siyosatning tomonlarni qiziqtirgan dolzarb masalalarini muhoqama qildilar, shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini ko‘rib chiqishgan.

«Muloqotda davlat rahbarlari O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini, keng ko‘lamli hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash borasida intilishlari qat'iy ekanini yana bir bor tasdiqladilar», deyiladi xabarda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yilning birinchi yarmida o‘zaro tovar ayirboshlash qariyb o‘ttiz foizdan ziyod oshgan. Turkiyaning yetakchi sanoat kompaniyalari va banklari bilan birgalikda mamlakatimiz hududlarida, avvalo, yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni tashkil etish, energetika, transport-kommunikatsiya, logistika va turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish, shaharsozlik, bank-moliya sohalari va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid