Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda aeroportdagi bojxonachilarning endi pogonlari bo‘lmaydi
Foto: customs.uz
O‘zbekiston aeroportlarida bojxonachilarning yangi formasi joriy etildi. Bu haqda Kun.uz’ga Davlat bojxona qo‘mitasidan xabar berishdi.
Endilikda harbiy unvonlar ko‘krakka taqiladigan metall plastinalarga tushiriladi, pogonlar esa bo‘lmaydi.
Mahkama matbuot xizmatidan ta'kidlashlaricha, pogonli maxsus forma yo‘lovchilarga ruhan salbiy ta'sir ko‘rsatadi va ishonchli aloqa o‘rnatishga yo‘l qo‘ymaydi.
Xabar qilinishicha, yangi libos bojxonachilarga poytaxtimiz yo‘lovchilari va mehmonlarini yaxshiroq kutib olish hamda kuzatishga imkon beradi.
Mavzuga oid
11:40 / 11.02.2026
Uchta hududda bojxona boshliqlari pensiyaga chiqarildi
19:37 / 07.02.2026
Farg‘onada nohaq ayblanib qamalgan bojxona inspektori 15 yildan so‘ng oqlandi
11:13 / 26.01.2026
Prezident bojxona xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi
20:07 / 25.01.2026