Sport | 22:15 / 11.08.2018
8932
2 daqiqa o‘qiladi

Superliga. «Nasaf» «Bunyodkor»ga yutqazdi, «Lokomotiv» autsayderni yengolmadi 

Superligada 21-turdan o‘rin olgan 3ta o‘yin yakunlandi.

«So‘g‘diyona» o‘z maydonida OKMK klubini qabul qilib, 1:3 hisobida yutqazdi. Mehmonlar tarkibida gollarga Zohir Pirimov, Muzaffar Muzaffarov va Jasur Hasanov mualliflik qilishdi. Jizzaxliklarning yagona goli Nikola Milinkovich hisobiga yozildi.

«Nasaf» o‘z maydonida «Bunyodkor»ni qabul qilib, yirik hisobda yutqazdi. Toshkentliklarning 4ta goliga mezbonlar bir marta javob qaytarishdi. Bu natijadan so‘ng, «Nasaf»ning kuchli oltilikka kirish imkoniyatlari keskin pasaydi.

«Lokomotiv» Toshkentda «Neftchi» bilan bellashib, so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Bu o‘yinning natijasi hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. «Lokomotiv» kuchli oltilikka kirsa, «Neftchi» Superligada jon saqlab qolish uchun kurashadi.

Superliga, 21-tur
11 avgust, shanba

So‘g‘diyona (Jizzax) - OKMK (Olmaliq) - 1:3
Gollar:
Nikola Milinkovich (77 pen) - Zohir Pirimov (30), Muzaffar Muzaffarov (51), Jasur Hasanov (65)

Nasaf (Qarshi) — Bunyodkor (Toshkent) - 1:4
Gollar:
Bobir Davlatov (90+2) - Shahzodbek Nurmatov (28, 81), Dilshod Jo‘rayev (65), Javlon Ibrohimov (85)
Amalga oshirilmagan penalti: Sharof Muhitdinov 58 (Nasaf, darvozabon).
Chetlatish: Maqsud Karimov (64, Nasaf)

Lokomotiv (Toshkent) — Neftchi (Farg‘ona) - 1:1  
Gollar:
Temurxo‘ja Abduxoliqov (4) - Boburbek Yuldashev (90)

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid