Jahon | 23:01 / 15.08.2018
4342
2 daqiqa o‘qiladi

Amerika-Ispaniya Futbol Akademiyasi hududlardagi faoliyatini kengaytirmoqda

13 avgust kuni soat 18:00 da poytaxtdagi "To‘qimachilik" stadionida O‘zbekistonda yuqori darajali futbol va sport turizmini rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilgan Amerika-Ispaniya Futbol Akademiyasi mashg‘ulotlariga start berildi. Bu haqida Akademiya rahbariyati Kun.uz'ga xabar berdi.  

Akademiyaning 10 dan ortiq hududlardagi  mashg‘ulotlari haftasiga uch marta o‘tkazilmoqda. 

Foto: Amerika-Ispaniya Futbol Akademiyasi

Ta'kidlash joizki, Amerika-Ispaniya futbol akademiyasida yunior-futbolchilar loyihaning hamkor mamlakatlari - AQSh, Ispaniya, Braziliya, Venesuela, Kolumbiya va Argentinadagi professional futbol klublari uslubi bo‘yicha tayyorlanadi va qo‘llab-quvvatlanadi. 

Foto: Amerika-Ispaniya Futbol Akademiyasi

Akademiya futbolga qiziquvchi barcha bolalarga jahon miqyosida professional futbol bilan shug‘ullanish, yuniorlar o‘rtasidagi xalqaro turnirlarda ishtirok etish, jahon futboli yulduzlarining mahorat darslarida qatnashish va hamkor mamlakatlarning diqqatga sazovor maskanlarida bo‘lish imkonini berishni o‘z oldiga maqsad qilgan. 

Foto: Amerika-Ispaniya Futbol Akademiyasi

2 iyul kuni Kun.uz'da Toshkent shahrida "My Soccer Academy" Amerika-Ispaniya Futbol akademiyasi (AIFA)ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgan edi. Respublika miqyosidagi ushbu loyihaga O‘zbekistonda tug‘ilib, AQShda faoliyat yuritayotgan Shuhrat Qosimov tomonidan asos solingan bo‘lib, u O‘zbekistonda yuqori darajali futbol hamda sport turizmi rivojiga muhim hissa qo‘shishga kirishdi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid