Jamiyat | 19:12 / 15.08.2018
2585
2 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro maqom san'ati anjumani g‘olibi 15 ming dollar oladi

6-10 sentabr kunlari Shahrisabz shahrida o‘tkaziladigan Xalqaro maqom san'ati Anjumanida g‘oliblarning pul mukofotlari belgilandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar bergan.

Unga ko‘ra Gran-pri g‘olibiga 15 ming dollar miqdorida mukofot tegadi.

1-o‘rin – 2ta, har biri 10 000 AQSh dollari;

2-o‘rin - 2ta, har biri 7 000 AQSh dollari;

3-o‘rin - 2ta, har biri 5 000 AQSh dollari.

Anjuman doirasida faol ijrochilarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida «Professional maqom xonandasi», «Professional maqom sozandasi», «Professional maqom ustozi», «Professional maqom targ‘ibotchisi», «Professional yosh maqomchi» va «Professional maqom bastakori» kabi nominatsiyalar bo‘yicha ishtirokchilar rag‘batlantiruvchi sovg‘a va mukofotlar bilan taqdirlanadi.

Tadbirda taniqli xorijiy musiqashunos-olimlar va maqom san'ati tadqiqotchilari, shuningdek O‘zbekistonning mashhur xonandalari va shu soha yetakchi mutaxassislarining ishtiroki kutilmoqda. Forum kunlari Shahrisabzga dunyoning 70 mamlakatidan 500 nafarga yaqin ishtirokchi va mehmonlar tashrif buyurishadi. Tadbirni munosib o‘tkazish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashkiliy ishlar va xorijlik mehmonlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni tayyorlashda faol ishtirok etmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid