Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya bilan moliyaviy razvedka bo‘yicha hamkorlik mustahkamlanadi
Bosh prokuror o‘rinbosari A.Mavlonov rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi moliyaviy razvedka tizimlarining hamkorligini mustahkamlash hamda iqtisodiy xavfsizlik bo‘yicha kadrlarni tayyorlash masalalari yuzasidan Moskva shahriga tashrifi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif doirasida o‘tkazilgan tadbirlarda O‘zbekiston delegatsiyasidan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim Vazirlik mutasaddilari hamda oliy ta'lim muassasalarining Xalqaro institutlar tarmog‘i vakillari (Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent Davlat yuridik universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) ham ishtirok etdilar.
Moliyaviy monitoring bo‘yicha Federal xizmati, Xalqaro institutlar tarmog‘i, Rossiya Federatsiyasi Fanlar akademiyasining fizika instituti, Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya instituti hamda Moliyaviy monitoring bo‘yicha xalqaro o‘quv-uslubiy markaz rahbarlari bilan qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Tashrif chog‘ida ilmiy hamkorlik masalalari, birgalikda tashkil etilgan laboratoriyalarda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tasniflarni baholovchi xalqaro tizimni yaratish orqali jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida yagona o‘quv hududni shakllantirish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.
O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi natijasida jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish hamda ommaviy qirg‘in qurollarini tarqalishiga qarshi kurashish yuzasidan ilmiy hamkorlik Memorandumi hamda Xalqaro institutlar tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalari bilan yuqoridagi sohalarda ilmiy-ta'lim faoliyati yuzasidan hamkorlik bayonnomasi imzolandi.
Mavzuga oid
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
18:06 / 08.06.2026