Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston sobiq bosh vaziri vafot etdi
Foto: AFP/Getty Images
Hindiston sobiq bosh vaziri Atal Bixari Vajpai 93 yoshida vafot etdi. Bu haqda The Times of India xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Vajpai 11 iyul kuni buyrak va bronxial kasalliklar bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Ta'kidlanishicha, Hindiston sobiq bosh vazirining ahvoli kasalxonaga yotqizilganidan so‘ng keskin yomonlashgan.
Hindistonning hozirgi bosh vaziri Narendra Modi tvitterda Vajpai o‘limiga o‘z munosabatini bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vajpaining o‘limi «butun boshli davrning oxirini belgilaydi».
Atal Bixari Vajpai Hindiston hukumatini ikki marta - 1996 may-iyun oylarida, shuningdek, 1998 yil martidan 2004 yil mayiga qadar boshqargan.
Mavzuga oid
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026
Ambanilarning 200 mlrd dollarlik biznes imperiyasi. Hammasi qanday boshlangandi?
20:13 / 25.04.2026
Hindistonda sayyohlarga «safari» paytida telefondan foydalanish taqiqlandi
10:35 / 24.04.2026