Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida yuzlab yuk mashinalari to‘planib turibdi
Foto: Sputnik
Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasidagi «B.Konisbayev» o‘tkazuv punktining Qozog‘iston tomonida yuk avtomobillaridan iborat ulkan navbat yuzaga keldi, deb xabar berdi Sputnik Qozog‘iston.
So‘nggi ma'lumotlarga qaraganda, bu yerda 150-200ta fura yig‘ilib qolgan, deb ma'lum qildi Turkiston viloyati davlat daromadlari departamenti.
Departamentning bildirishicha, bunday tiqilinchlar bahordan buyon davom etib kelmoqda.
«Avtotransportlarning to‘planib qolishiga sabab - uchinchi davlatlardan O‘zbekiston yo‘nalishida yuk kelishining sezilarli ravishda ko‘paygani. Tiqilinch sabablaridan yana biri barcha transport vositalarining o‘zbek bojxonachilari tomonidan mobil nazorat-tekshiruv majmuasi orqali to‘liq skanerdan o‘tkazilishidir», - deyiladi xabarda.
Haydovchilarning so‘zlariga ko‘ra, ularni faqat kechasi — faqat bir kilometrdan (shuncha masofada turgan mashinalarni) chegaradan o‘tkazishyapti. Hozirgi vaqtda tirbandlikning uzunligi 7 kilometrga yetgan. Yuk mashinalari O‘zbekiston hududiga kirish uchun 2 kundan 6 kungacha vaqt o‘tkazmoqda.
Tirbandlikda qolgan «fura»larning aksariyati — Xitoydan saqlash muddati nisbatan uzoq bo‘lgan yoki asbob-uskuna olib kelayotgan mashinalardir. Ayni vaqtda, tez buziladigan mahsulot olib kelayotgan haydovchilarga jabr bo‘lgan — ular mahsulotlarini bir xil haroratda saqlab turish uchun mashina motorini muntazam yurgizib qo‘yishga majbur bo‘lmoqda.
Mavzuga oid
08:53 / 24.12.2025
Pasport nazoratida bojxonaga xabardor qilish tartibi joriy etiladi
15:02 / 23.12.2025
2026 yildan bojxona yig‘imlari kamayadi va imtiyozlar joriy etiladi
18:22 / 20.12.2025
Xitoydan olib kelingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari chegarada ushlab qolinayotganiga izoh berildi
15:36 / 15.12.2025