O‘zbekiston | 20:52 / 16.08.2018
5713
2 daqiqa o‘qiladi

«MAI» aviakompaniyasi ilgarigi tartibda ishlashda davom etmoqda

Foto: UzReport

«Maxsus aviatsiya ishlari» aviakompaniyasi ilgarigidek tartibda ishlashda davom etmoqda, deb ma'lum qildi «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK Kun.uz muxbiriga.

Ma'lum qilinishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev «MAI» infratuzilmasidagi «Sergeli» aerodromini hududi bilan Toshkent shahar hokimligiga berish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekkan. Aviakompaniya bazasi o‘rnida «Sanoat parki» kichik sanoat zonasi barpo etiladi. 

«MAI» aviakompaniyasi Toshkent xalqaro aeroportiga ko‘chib o‘tadi. Aviakompaniyani yopish masalasi ko‘tarilmagan. Kompaniya ishlashda davom etadi», – deb ma'lum qilgan Milliy aviakompaniyadagilar Kun.uz muxbiriga.

«MAI» Milliy avikompaniya bo‘linmasi bo‘lib, qishloq xo‘jaligi, transport, yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan An-2 samolyotlari hamda  «Nukus», «Urganch», «Qarshi», «Buxoro», «Namangan» aeroportlari va «Sergeli» aerodromida Mi-8MTV-1 vertolyotlari parkiga ega. Kompaniya o‘tgan yili tashkil etilganligining 20 yilligini nishonladi.

Mavzuga oid