Qozog‘istonlik 3 kun ichida 43 metrlik sharf to‘qidi
Qozog‘istonning Olmaota viloyati, Rayimbek tumanida yashovchi Nurlan Jartibekov 3 kun, ya'ni 72 soat ichida eni 30 sm, uzunligi 43 metr keladigan sharf to‘qidi.
Qozog‘iston rekordlar kitobiga rekordlarni qayd qilish departamenti direktori Bakitjan Tastulekov Nurlanga Qozog‘iston rekordlar kitobi — KinES-2018’ga 72 soat davomida tinimsiz to‘qigan kishi sifatida kiritilgani haqidagi sertifikatni topshirgan.
“Ota-onamning aytishicha, men 5 yoshimdan boshlab to‘qiyman. Ko‘pchilikka bu erkaklar ishi emasdek tuyulishi mumkin, biroq asosiysi bu menga yoqadi. Men avvalroq ko‘zi yumuq holda to‘qish bo‘yicha Qozog‘iston rekordini o‘rnatgandim, endi esa 3 kun to‘xtovsiz to‘qib, yana bir rekordni o‘rnatdim”, deb aytgan Jartibekov.
Rekordchi avvalroq Braziliyada o‘rnatilgan jahon rekordini yangilagan bo‘lishi ham mumkinligi aytilmoqda. Unga ko‘ra, braziliyalik erkak 64 soat davomida to‘xtovsiz to‘qigan.
Mavzuga oid
20:09 / 20.09.2024
Qozog‘istonda xorijliklarni deportatsiya qilish qoidalari kuchaytirilishi mumkin
08:30 / 20.09.2024
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi
16:07 / 19.09.2024
Qozog‘iston 2022 yildan beri 2,3 mlrd dollarlik aktivlarni davlat hisobiga qaytardi
15:20 / 17.09.2024